Ayron haqida sher

Ayron haqida sherlar, sherlar uz

Ayron haqida sher

Ayon

Ayon ayriliqning bo’yi taraldi,

G’olib hiyonatga yorliq ataldi.

Va nihoyat ketding, butun umrga,

Ma’sum mahzun yurak qayta yaraldi.

Baxtning tarog’ida taraldi armon,

Bu qismat ishida menman eng yomon.

Ketmoq qaroringni ahd bilan ushla,

Kelmoq jur’atiga berma hech qachon!

O’zimni qidirib topganim shudir,

Azob darvozasin yopganim shudir,

Izlama, sog’inma, o’ylama meni,

Endi o’zing kabi ahdsizni qidir!

Nihoyat yopamiz shamol ko’rmagan,

Tuynukdan farqi yo’q eshiklaringni,

Endi o’zing kabi vafo bilmaslar,

Tinglab yashayverar qo’shiqlaringni.

Nihoyat ketyabsan, Allohga shukur,

Yakunga qiziqmas umidvor dilim,

Sensiz osonroqdir, sensiz yaxshiroq,

Hiyonatdan toza bo’lgandek yo’lim!

Kamola Abduvaliyeva